Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Termizda ochilgan Yevropa Ittifoqi bilimlar markazi kimlarga xizmat ko‘rsatadi?

Termizda ochilgan Yevropa Ittifoqi bilimlar markazi kimlarga xizmat ko‘rsatadi?

Elchi Sh.Adrian YeI afg‘on xalqini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi.

26 yanvar kuni Termiz shahrida Yevropa Ittifoqi bilimlar markazining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda YeIning O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian va BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi doimiy vakili Matilda Dimovska qatnashdi.

«Surxondaryo viloyatining Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va tayyorlash borasidagi salohiyatini mustahkamlash» tashabbusi doirasida moliyalashtirilayotgan markaz YeI, BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligidagi sa’y-harakatlar samarasidir.

«Yevropa Ittifoqi hozirgi og‘ir sharoitga qaramay, Yevropa ko‘nikmalarni rivojlantirish yilida Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Mazkur yangi tashabbus keng qamrovli sa’y-harakatlarimiz doirasida, o‘zbekistonlik hamkorlarimizning murojaatiga asosan ilgari surilgan. Tashabbus O‘zbekiston hukumati va YeIning, qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ko‘chirilgan, vatanidan uzoqda bo‘lgan afg‘on fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash g‘oyasiga sodiq ekanining tasdig‘idir», – dedi YeI elchisi Sh.Adrian xonim.

Zamonaviy kovorking maydoni bo‘lmish YeI bilimlar markazi 2017 yilda O‘zbekiston hukumati tomonidan tashkil etilgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi salohiyatini yanada kuchaytiradi. Markaz jamoada ishlash, mustaqil ta’lim olish va professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun platforma taqdim etadi. YeI taqdim etgan moliyaviy resurslar yordamida markaz eng yangi IT uskunalar, ofis jihozlari va dasturiy ta’minot bilan jihozlangan.

BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan amalga tatbiq etilayotgan loyiha O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan afg‘on fuqarolari turmush sharoitini yaxshilash va ularga yangi bilim hamda ko‘nikmalar berishga xizmat qiladi.

2021 yil dekabr oyida tasdiqlangan hujjatga ko‘ra, YeI Afg‘oniston va qo‘shni davlatlardagi afg‘onlarni qo‘llab-quvvatlash uchun sog‘liqni saqlash, ta’lim va turmush sharoitini yaxshilash yo‘nalishlarida 268 million yevrodan ortiq qiymatga ega loyihalarga mablag‘ ajratadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring