Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Termiz shahri aholisi gaz ta’minotidan vaqtincha uziladi

Termiz shahri aholisi gaz ta’minotidan vaqtincha uziladi

Bugun, 28-oktyabr kuni soat 13:00dan 17:00gacha shahardagi barcha, jumladan, 41 mingdan ortiq aholi hamda 800 dan ortiq ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Bunga Termiz shahrida joylashgan AGRS-2 tarmog‘ida o‘rnatilgan diafragma qurilmalarini almashtirish ishlari olib borilishi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Qayd etilishicha, qurilmalarni almashtirish ishlari yakunlangandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti tiklanadi.

«Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi hamda gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish lozimligini eslatib o‘tadi», – deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring