Tadqiqot: Qarg‘alar 17 yilgacha gina-kuduratni saqlaydilar
Agar qarg‘alar sizga tajovuzkorona qichqirsa yoki hatto sizga hujum qilsa, o‘zingizdan so‘rang: bu aqlli qushlarni qachondir xafa qilganmisiz? Olimlar qarg‘alar juda qasoskor ekanligini aniqladilar va ularning aql-zakovati ularga jinoyatchilarni aniqlashga yordam beradi.
Amerika shaharlari aholisiga qarg‘alarning bir necha bor hujum qilishlari Vashington universiteti ekologi professor Jon Marzlaffni g‘ayrioddiy tajriba o‘tkazishga undadi, bu haqda u «Hayvonlarning xatti-harakati» asarida tasvirlab bergan.
2006-yilda u niqob kiyib, yettita qarg‘ani to‘rga tushirdi. Professor qushlarni birozdan so‘ng qo‘yib yubordi, lekin qarg‘alar va voqeaga guvoh bo‘lgan boshqa qarg‘alar ham g‘azablanishdi.
Shundan so‘ng, Marzlaff va uning shogirdlari vaqti-vaqti bilan o‘sha tanish niqoblarni kiyib, aylanib, qushlarning reaksiyalarini kuzatdilar. Va har safar ular qattiq va norozi qichqiriqlarni eshitishdi.
Professorni bir marta u duch kelgan 53 qarg‘aning 47 tasi ta’qib qildi – bu bir paytlar to‘rga tushirgan qarg‘alar sonidan ancha ko‘p edi. Bu holatdan professor qarg‘alar bir-birlariga jinoyatchilar, ya’ni dushmanlar haqida gapirib berishadi, degan xulosaga keldi.
G‘azablangan qichqiriqning intensivligi yetti yildan so‘ng eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi va keyin pasaya boshladi, 2023-yil sentyabr oyida tajriba boshlanganidan beri ilk marta tadqiqotchi qarg‘alarning g‘azabnok ovozini eshitmadi.
Xulosa qilish mumkinki, qarg‘alar 17 yilgacha o‘zlarini xafa qilganlarni unutmaydilar.
Mutaxassis o‘z tadqiqotining bir qismi sifatida qarg‘alarning miyasini ham skanerdan o‘tkazdi va ular qo‘rquvga odamlar kabi reaksiyaga kirishishini aniqladi.
«Qushlarning miyasi sutemizuvchilar miyasiga o‘xshash. Amigdala – bu umurtqali hayvonlar miyasining hududi bo‘lib, unda salbiy assotsiatsiyalar xotira sifatida saqlanadi. Avvalgi tadqiqotlar asosan uning sutemizuvchilardagi funksiyasiga e’tibor qaratgan va bizning ishimiz shuni ko‘rsatadiki, xuddi shunday tizim qushlarda ham ishlaydi», – deb tushuntirdi professor.
Bu yilgi yana bir tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, qarg‘alar yozma raqamlarni birdan to‘rtgacha tanib, keyin bir, ikki, uch yoki to‘rt marta qarqarlash orqali to‘g‘ri raqamni aytishga o‘rgatishlari mumkin.
Qarg‘alar narsalarni ko‘tarish yoki ovqatni tutish uchun simni ilgak shakliga keltira oladi. Qarg‘alar qarindoshlari vafot etganda dafn marosimiga o‘xshash marosimlarni o‘tkazadilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter