Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkordan 19 ming dollar talab qilganlar qo‘lga olindi

Tadbirkordan 19 ming dollar talab qilganlar qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DBQning Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

«C.L.» xususiy korxonasi rahbari T.M. va boshqalar «S.L.» korxonasining tamaki mahsulotlarini o‘zlarining korxonasi nomidan O‘zbekiston hududi orqali tranzit qilib yuborish evaziga korxona vakili V.dan 19 000 AQSh dollari talab qilib, aks holda yuklarni O‘zbekiston hududidan ortga qaytarib yuborish va shu orqali mulkka zarar yetkazish bilan qo‘rqitib, talab qilingan 19 000 AQSh dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring