Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda ham «Open budjet»ga ovoz yig‘ishda o‘qituvchilardan foydalanilyapti

Surxondaryoda ham «Open budjet»ga ovoz yig‘ishda o‘qituvchilardan foydalanilyapti

Ijtimoiy tarmoqlarda «Open budjet»ga ovoz yig‘ishda o‘qituvchilardan foydalanilayotgani aytilgan videolavha tarqalmoqda.

Mazkur videolavaha bilan tarqatilayotgan izohga ko‘ra, holat viloyatning Angor tumani Navshahar mahallasida 36-maktab o‘qituvchilari bilan sodir bo‘lgan.

Viloyat prokuraturasiga ko‘ra, o‘qituvchilarning ovoz to‘plashga majburlanayotgani to‘g‘risidagi xabarlar prokuratura tomonidan nazoratga olinib o‘rganilmoqda.

Shuningdek, xabarda o‘qituvchilar prokuror topshirig‘i bilan ovoz yig‘ayotgani iddao qilinadi.

Viloyat prokuraturasi esa «ijtimoiy tarmoq faollaridan bu kabi yolg‘on axborot tarqatmaslik va tuhmatdan saqlanish»ni so‘ramoqda.      

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ham bunday holatlar nazoratga olinishi va o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish qonunchilikdagi normalar bilan taqiqlanganini ta’kidlagan edi.                     

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring