Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suares «Barselona»da qoladimi?

Suares «Barselona»da qoladimi?

Foto: «Football-Fun.ru»

«Barselona» hujumchisi Luis Suaresning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2021-yilning yoziga qadar tuzilgan. Uning o‘zi klubda qolishni istamoqda va bunga ishonadi, deyiladi «Korrespondent» xabarida.

«Men klubda judayam baxtliman, bu yerda hamma narsaga erishdim. Statistika va boshqa ko‘rsatkichlar mening foydamga ishlamoqda. Shartnomamni uzaytirishga tayyorman, o‘ylashimcha, biz bunga tez orada erishamiz», — «Sport» Suaresdan ana shunday iqtibos keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda urugvaylik futbolchi «Barselona» safida 21 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi, 9 ta golli pas uzatdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring