Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sovuq davom etadimi? 8 -dekabr kunduzi uchun ma’lumot

Sovuq davom etadimi? 8 -dekabr kunduzi uchun ma’lumot

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda qor yog‘adi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3° sovuq-2° iliq, shimolda 4-9° sovuq bo‘ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Kunduzi harorat 0-2° sovuq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-9° sovuq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring