Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq chempion Yemelyanenkoni birinchi raunddayoq tinchitishga va’da berdi

Sobiq chempion Yemelyanenkoni birinchi raunddayoq tinchitishga va’da berdi

Foto: «Sportadvice.ru»

Braziliyalik aralash jang san’ati (MMA) kurashchisi Fabrisiu Verdum rossiyalik Fyodor Yemelyanenko bilan mabodo jang tashkil etiladigan bo‘lsa, birinchi raunddayoq tugatishga va’da berdi. Uning so‘zlarini «MMA Fighting» keltirgan.

43 yoshli braziliyalik jangchi rossiyalik bilan muvaffaqiyatini takrorlashga ishonmoqda.

«Uni tez tinchita olaman deb o‘ylayman, chunki o‘z kuchimga ishonaman. Albatta, uni hurmat qilaman, lekin baribir jangning boshidayoq uni yiqitaman», — dedi Verdum.

Revansh haqida Verdumning o‘zi gap ochdi. Braziliyalikning UFC bilan shartnomasi tugagan. Lekin «Bellator»da qatnashayotgan Yemelyanenko bilan uchrashishdan umid qilyapti. Rossiyalik kurashchi ham braziliyalikning chaqirig‘iga «labbay» deb javob qaytardi: u ham revanshga qiziqayotganini yashirib o‘tirmadi. Verdum — og‘ir vaznda UFC sobiq chempioni.

2010-yilda braziliyalik jangchi muddatidan oldin Yemelyanenko ustidan g‘alaba qozongan. O‘shanda u rossiyalikni taslim bo‘lishga majbur qilgan. Jang «Strikeforce» tashkiloti homiyligida bo‘lib o‘tgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring