Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shuhrat Abdurahmonov yana e’tibor markazida! Tarmoqda uning audiosi tarqaldi

Shuhrat Abdurahmonov yana e’tibor markazida! Tarmoqda uning audiosi tarqaldi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning ovozi ekani aytilayotgan audio tarqaldi.

Audioda qachon o‘tgani noma’lum yig‘ilishda hokim jurnalistlar bilan qanday gaplashishi, shuningdek, Marhamat  tumanidagi «shallaqilar»ga qanday chora ko‘rganini aytib maqtangani anglashiladi. 

Ya’nikim, hokim jurnalistlarning «qichiq savol»lariga toqati yo‘qligi, «normalniy» muloqot qilish tarafdori ekanini ta’kidlab, gap orasida ommaviy axborot vositalari xodimlaridan birini «hezalak» deb haqoratlaydi. 

Bundan tashqari majlis o‘tkazayotgan paytda go‘yoki «shallaqilik» qilgan marhamatlik murojaatchilarni «15 sutkaga tiqib» qo‘yganini ham pisanda qiladi.

Tarqalgan audio bo‘yicha hali hech qanday rasmiy izoh berilmadi.

Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonovning og‘zi ham, yuragi ham «polvon» ekani hech kimga sir emas. Bunga misollar ko‘p, ammo ikkitasini eslash kifoya:

  1. O‘tgan yili tarqalgan audiolardan birida u Sog‘liqni saqlash vaziri A.Shodmonovni (endilikda sobiq) «vazircha» deb haqoratlagandi.
  2. Shu yilning 16 avgust kuni (karantin qoidalari e-endi yumshatilgan paytda!) kichik qizining 19 yoshga to‘lishi munosabati bilan kattagina (aftidan 30 kishidan ko‘p!) ziyofat uyushtirib «stavkasi» baland xonanda Munisa Rizayevani xizmatga chaqirgandi. 

Har ikki holatda ham hech kim hokimning mushugini «pisht» demagandi. Bu safar ham shunday bo‘lishi ehtimoli yuqori. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring