Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyevning yangi haftadagi rejalari bo‘yicha ma’lumot berildi

Shavkat Mirziyoyevning yangi haftadagi rejalari bo‘yicha ma’lumot berildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmati o‘tkazgan anjumanda davlat rahbarining ushbu hafta uchun rejalari ma’lum qilindi.  

Unga ko‘ra, 15-16-iyul kunlari Toshkentda o‘tishi rejalashtirilgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik bo‘yicha yig‘ilish, Toshkent shahrini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha taqdimot bo‘lishi kutilmoqda.

Ertaga mis ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish hamda sanoat klasterini tashkil etish yuzasidan yig‘ilish, 23-iyun kuni Yangi O‘zbekiston universitetini tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

Tarmoq va hududlarda investitsiya loyihalari ijrosi hamda mahalliy sanoat loyihalarini jadallashtirish masalalari yuzasidan videoselektor ham rejaga kiritilgan.

Shuningdek, joriy haftada prezident Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring