Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga safari yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga safari yakunlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Boku shahriga amaliy tashrifi dasturidagi tadbirlar yakuniga yetdi.

Bugun, 24-noyabr kuni davlatimiz rahbari BMTning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun maxsus dasturi birinchi sammitida ishtirok etdi hamda SPEKA doirasida mintaqaviy hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha qator amaliy tashabbuslarni ilgari surdi.

Shuningdek, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi. Yetakchilar O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar, shu jumladan oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ko‘rib chiqdilar.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda O‘zbekiston Prezidentini Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring