Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugungi birinchi uchrashuvini Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan o‘tkazmoqda.

Diqqat markazida – mamlakatimizda Vengriyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida ustuvor kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish.

Ta’kidlash joizki, o‘tgan oyda Budapeshtda O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi ochildi, deb xabar bermoqda Sherzod Asadov.

Eslatib o‘tamiz, davlatimiz rahbari Turkiyada bo‘lib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring