Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi uyiga bordi

Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi uyiga bordi

Skrinshot.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Olmazor tumanining Achaobod mahallasida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Appanov Abbos ota xonadonida bo‘ldi.

Abbos ota urushdan avval maktabda o‘zbek tili va adabiyotidan dars bergan. 1942-yilda Smolenskka chaqirilgan, Belarusni ozod qilishda ishtirok etgan, so‘ng Polsha va Berlingacha borgan. Boboning xotirlashicha, 2 may kuni kunning ikkinchi yarmida Reyxstagga g‘alaba bayrog‘i ilingan. Abbos Appanov 4-sinfdan nemis tiliga qiziqqani va 1 yil Germaniyada yashagani uchun tilni chuqur o‘rganadi va 1946 yilda O‘zbekistonga qaytgach, 50 yil davomida 139-maktab va 111-maktablarda boshlang‘ich va yuqori sinf o‘quvchilariga «Nemis va ingliz tili» fanidan dars beradi. Boshlang‘ich sinflar uchun «Nemis tili» darsligini yozgan. 

Davlat rahbari uni bayram bilan tabrikladi, Vatanimiz tinchligi yo‘lidagi xizmati va fidokorona mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring