Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saudiya Arabistoni chegaralarni ochmaslikka qaror qildi

Saudiya Arabistoni chegaralarni ochmaslikka qaror qildi

Foto: «Ru.interaztv.com»

Saudiya Arabistoni koronavirusning yangi shtammi tufayli chegaraning to‘liq yopilishini yana bir haftaga uzaytirishga qaror qildi, deya xabar berdi Saudiya Arabistoni SPA yangiliklar agentligi Qirollik Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib.

21-dekabr kuni Saudiya Arabistoni bir nechta mamlakatda qayd etilgan yangi koronavirusning mutatsiyasi tufayli xalqaro aviaqatnovlarning to‘xtatilishi hamda dengiz va quruqlikdagi chegaralardan o‘tish punktlari yopilishini e’lon qilgandi. Mintaqadagi boshqa davlatlar — Ummon va Quvayt ham Saudiya Arabistonidan o‘rnak olishdi. Biroq yakshanba kuni Ummon 29-dekabrdan boshlab chegaralar ochilishini ma’lum qildi.

«Xalqaro aviaqatnovlarning to‘xtatilishi, favqulodda holatlar bundan mustasno, shuningdek, qirollikning dengiz va quruqlik chegaralarini kesib o‘tishni taqiqlash bir qancha mamlakatlarda koronavirusning yangi shtammi aniqlanganligi hamda vaziyatni yaxshilab o‘rganish uchun yana bir haftaga uzaytirildi», — deyiladi Ichki ishlar vazirligi xabarida.

Shunga qaramay, taqiq yuk tashishga ta’sir ko‘rsatmaydi, Saudiya Arabistoni fuqarosi bo‘lmaganlar ham mamlakatni samolyotda tark etishlari mumkin.

Saudiya Arabistonida pandemiya boshlanganidan beri 362,2 mingdan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, ulardan 6,185 nafari vafot etdi, 353 mingdan ortiq bemor to‘liq tuzaldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring