Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardor Umurzoqov raisligida energetika masalasida yig‘ilish o‘tkazildi

Sardor Umurzoqov raisligida energetika masalasida yig‘ilish o‘tkazildi

Prezident Administratsiyasida joriy yil yakuni bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda kutilayotgan natijalar va energetikadagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda videoaloqa orqali barcha hududlar rahbarlari ishtirok etdi.

Administratsiya rahbari Sardor Umurzoqov raisligida keskin tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun mas’ul mutasaddilar ishidagi jiddiy kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi, mavsumga tayyorgarlik ishlaridagi qoloqliklar, yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish choralar tezkor qabul qilinmagani va umuman sustligi yuzasidan jiddiy e’tirozlar bildirildi.

Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan mutanosib ta’minlash masalalarini tezkor va tizimli hal etib borish maqsadida Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida kunu tun ishlaydigan shtablar tashkil etish topshirildi.

Bu masalalar bo‘yicha kunlik nazorat o‘rnatish uchun Prezident maslahatchilari va Bosh vazir o‘rinbosarlari har bir viloyat hokimiga biriktiriladigan bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring