Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda rahbar yarim milliardlik imtiyozli kreditni «yeb yubordi»

Samarqandda rahbar yarim milliardlik imtiyozli kreditni «yeb yubordi»

Foto: Prokuratura departamenti.

Kattaqo‘rg‘on shaharida 500 mln so‘m imtiyozli kreditni o‘zlashtirgan MChJ rahbari aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda «A.Z.» MChJ raxbari N.B. hududdagi 15 ta xonadonda oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish hamda ularning bandligini ta’minlash maqsadida tijorat banki filialidan ajratilgan 500 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari evaziga xarid qilingan uskuna va xom-ashyolarni boshqa shaxslarga sotib yuborib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring