Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda ikki mahbus o‘rtasidagi janjal ayanchli tarzda yakunlandi

Samarqandda ikki mahbus o‘rtasidagi janjal ayanchli tarzda yakunlandi

Samarqanddagi manzil-koloniyaga tegishli yerda bog‘dorchilik ishlariga jalb qilingan ikki mahbus o‘zaro janjallashib qolib, biri ikkinchisini o‘ldirib qo‘ydi.

Bu haqda IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Pastdarg‘om tumanidagi 37-son manzil-koloniyasiga qarashli dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan yer maydoniga mazkur muassasada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bog‘dorchilik ishlariga jalb qilingan.

6-dekabr kuni soat 18:20 larda mahkum B.Q. o‘zaro janjallashish oqibatida mahkum U.E. ga tan jarohatlari yetkazgan. Oqibatda mahkum U.E. olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Hozirda mazkur holat prokuratura organlari nazoratiga olingan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring