Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 19 yoshli qiz ish vaqtida zo‘rlangani aytilmoqda

Samarqandda 19 yoshli qiz ish vaqtida zo‘rlangani aytilmoqda

Samarqanddagi tekstil korxonalarining birida ishlagan 19 yoshli qiz tungi navbatchilikda qolganida zo‘rlanganini aytmoqda. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida xabar berildi.

«Oilaviy sharoitimiz og‘irroq. Oilamizga moddiy yordam bo‘lsin, deb ishlamoqchi edim. Faqat onam ikkimiz pul topamiz, otam va ukam hech qayerda ishlamaydi», deydi jabrlanuvchi qiz.

Uning so‘zlariga ko‘ra, voqea 23 may kuni sodir bo‘lgan. O‘sha kuni u tekstil korxonasida tungi navbatchilikda qolgan. Soat kechki 10 dan o‘tib, 11 larga yaqin korxona ustasi kirib kelib, undan tashqariga chiqishini so‘ragan.

«Chiqmasang bo‘lmaydi dedi. Shundan so‘ng oyoq-qo‘limni bog‘lab, mashinada olib ketishdi. Ishimizning yonboshida qurilishi bitmagan 9 qavatli bino bor edi. Binoning atrofida bir-ikki odam bor edi. Og‘zim bog‘lab qo‘yilgani uchun baqirolmas edim. Holat mashinada sodir bo‘ldi», — deydi qiz.

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidan bo‘lgan bu qiz qonun himoyachilaridan ko‘mak kutmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring