Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqand ekologiya boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi

Samarqand ekologiya boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi

Samarqand viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib Jo‘rayev Baxtiyor Muqimovich tayinlandi.

B.Jo‘rayev 1988 yilda Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan. Ekologiya tizimida 2015-yildan buyon ishlab kelmoqda. Bungacha Toshkent viloyati ekologiya boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘lgan.

U 2009-yilda Farg‘ona politexnika instituti va 2011-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (magistratura)ni tugatgan.

Shuningdek, Xushbaqov Dilshod Murodullayevich Ekologiya vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Dilshod Xushbaqov 1988-yilda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. 2013-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti, shuningdek, Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Bungacha ushbu Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan Kamoliddin Shermatov boshqa viloyatga rotatsiya qilish yo‘li bilan o‘tkazilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring