Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quvonchli xabar: koronavirusga chalinganlarning yana 13 nafari tuzaldi

Quvonchli xabar: koronavirusga chalinganlarning yana 13 nafari tuzaldi

Foto: SSV matbuot xizmati

Bugun koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning yana 13 nafari butunlay tuzalgan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Ularning 12 nafari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan, 1 nafari esa Xorazm viloyatidagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonadan sog‘ayib chiqishdi.

Foto: SSV matbuot xizmati
Foto: SSV matbuot xizmati

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarni Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va boshqa mas’ullar Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatishdi.

Koronavirus infeksiyasi xastaligidan tuzalgan fuqarolarimizning 1 nafari joriy yil 13 mart kuni Istanbul – Toshkent yo‘nalishidagi reysda, yana 1 nafari esa shu yil 18 mart kuni Moskva – Toshkent yo‘nalishidagi reys bilan mamlakatimizga kelgan. Qolgan 11 nafar kishi esa koronivirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar bilan muloqotda bo‘lishgan. Ayni paytda yurtimizda koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar 25 nafarga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring