Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozoq harbiysi o‘zbekistonlik ayol hayotini asrab qoldi

Qozoq harbiysi o‘zbekistonlik ayol hayotini asrab qoldi

Foto: Newtimes.kz

Atirau-Olmaota poyezdida Qozog‘iston MXX chegara xizmati harbiy xizmatchisi O‘zbekiston fuqarosining hayotini saqlab qoldi, deb yozadi NewTimes.kz.

Shu kuni bir guruh harbiy xizmatchilar Atiraudan Zaysanga yangi xizmat joyiga ketayotgan bo‘lgan. Yarim tunda konduktor katta guruh mayori E.Yerkinboyevga yordam so‘rab murojaat qilgan. Uning aytishicha, qo‘shni vagondagi poyezd yo‘lovchisi tibbiy yordamga muhtoj bo‘lib qolgan.

So‘rovga muddatli harbiy xizmatchi Abilayxon Ubaydullayev darhol javob qaytardi. Ubaydullayev mutaxassisligi bo‘yicha - feldsher, armiyada xizmat qilishdan oldin u tez yordam xizmatida ishlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol behush bo‘lgan. Abilayxon Ubaydullayev tezkor birinchi yordam ko‘rsatgan va uni o‘ziga keltirgan. Dastlabki yaqin bekatda bemor shifoxonada yotqizilgan. 

Bemor Bibigul Tleuova ahvoli yaxshilangach, oddiy askar Abilayxon Ubaydullayevga minnatdorchilik bildirdi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring