Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston hukumati xavotirga tushmoqda

Qozog‘iston hukumati xavotirga tushmoqda

Qozog‘iston hukumati shakar savdosidagi tebranishlar natijasida kasodga uchrayotgan zavodlarining taqdiridan xavotirga tushmoqda. Ayni mavsumdagi dempingdan chiqa olmayotgan zavodlarini hukumat darajasida qo‘llab, kelajakda o‘zga davlatlarga shakar bo‘yicha qaramligidan himoyalanish choralarini qidirmoqda.

Sugar.ru saytida Qozog‘iston hukumatining shakar bo‘yicha bildirgan xavotirlari va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha ko‘rayotgan choralariga oid maqola e’lon qilindi.

«So‘nggi bir necha yil ichida Qozog‘iston shakarning asosiy qismini Rossiya Federatsiyasidan import qilmoqda», – dedi Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari – Savdo va integratsiya vaziri Baxit Sultonov. – «Zavodlarimiz ayni mavsumda mahalliy lavlagi xom ashyosidan foydalanmasdan xorijdan shakar xom ashyosini qidira boshlaydilar.

Shakarga talab kam vaqtda esa birja orqali spot narxlarda shartnomalar tuzishadi, ayniqsa, demping vaqtida qo‘shni davlatlardan arzonroq shakar kirib keladi. Bu omillar zavodlarimiz nafas olishiga imkon bermayapti. Natijada  esa ular ayni mavsumda to‘xtashga majbur bo‘lmoqda».

Vazirning ta’kidlashicha, Qozog‘istonda so‘nggi yillarda iste’mol qilingan 560-570 ming tonna shakarning 370-400 ming tonnasini Rossiya Federatsiyasidan import qilgan, chunki u yerda narx arzon.

«Rossiyada ishlab chiqarish va shunga mos ravishda narxlash uchun yaxshiroq imkoniyatlar mavjud. Shuning uchun biz ham zavodlarimizni birinchi navbatda xomashyo bilan ta’minlashimiz kerak. Boshqa tomondan esa bunday dempingga yo‘l qo‘ymaslik uchun Qozog‘iston zavodlarini kafolatlangan savdo maydoni bilan ta’minlash lozim.

Shu sababli, boshqa mamlakatlar tomonidan demping sodir bo‘lmasligi uchun zavodlarimizga zarur hajmdagi mahsulotlarni ichki bozorga qo‘rqmasdan chiqarishni kafolatlashimiz zarur. Shu omillarni inobatga olgan holda imkon qadar narxlarni nazorat qilish uchun YeOII maydonini ko‘rib chiqmoqdamiz va tegishli hisob-kitoblarni amalga oshirmoqdamiz», – deya izoh berdi Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari Baxit Sultonov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring