Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘iston elchisi O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi: Nega?

Qozog‘iston elchisi O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi: Nega?

Bugun Qozog‘istonning O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Darxan Satibaldi ishtirokida press-brifing bo‘lib o‘tdi. Elchi mamlakatda sodir bo‘lgan fojiali voqealar haqida fikr bildirdi.

«Ayrim xorij ommaviy axborot vositalari xabarlarini kuzatar ekanman, Qozog‘istondagi mavjud vaziyatni biryoqlama yoritayotganiga guvoh bo‘ldim. KXShT kuchlaridan foydalanish ham, rasmiylarning sodir bo‘layotgan voqealarga munosabati ham noto‘g‘ri talqin qilinmoqda», — deydi Satibaldi.

Elchi iqtisodiy talablar bilan boshlangan namoyishlar terrorchi guruhlar tomonidan mamlakat konstitutsiyaviy tuzumiga putur yetkazish uchun foydalanilganligini ta’kidladi.

«6 yanvar kuni Qozog‘iston va O‘zbekiston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Qozog‘iston xalqi va rahbariyatining mamlakatda barqarorlikni ta’minlashga intilishini doimiy qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi. O‘zbekiston rahbariyatiga ko‘rsatgan yordami uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman», — dedi elchi Darxan Satibaldi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi qo‘shni Qozog‘istondagi vaziyatni muntazam ravishda kuzatib borayotgani haqida xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring