Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda qirg‘ovul ovlash taqiqlab qo‘yildi

Qoraqalpog‘istonda qirg‘ovul ovlash taqiqlab qo‘yildi

Qoraqalpog‘iston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining tavsiyasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 13 yanvardagi «Respublikada qirg‘ovullarni muhofaza qilish va sonini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilinib, hududda 2022-2023 yillarda qirg‘ovullarni ovlash taqiqlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

Mazkur qaror bilan qo‘mitaga Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda qirg‘ovullarning noqonuniy ovlanishining oldini olish bo‘yicha ishlarni faollashtirish, qirg‘ovullarning noqonuniy ovlanishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan amaldagi qoidalarga muvofiq va belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish topshirilgan.

Qoraqalpog‘iston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi bosh mutaxassisi Alisher Yakubovning ta’kidlashicha, qirg‘ovullarni ovlash taqiqlanmagan, masalan, o‘tgan yilda ajratilgan kvota doirasida Qoraqalpog‘iston ovchilariga 1800 bosh qirg‘ovulni ovlashga ruxsatnoma berilgan. Lekin, qirg‘ovullarning bosh sonini ko‘paytirish zarurligi mutaxassislar tomonidan e’tirof etilgani bois ikki yillik taqiq o‘rnatilmoqda.

Bu taqiq yaqin ikki yil ichida qirg‘ovullar sonining ko‘payishiga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring