Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoramollar orasida jiddiy kasallik tarqalgani haqidagi xabarga vazirlik rasmiy munosabat bildirdi

Qoramollar orasida jiddiy kasallik tarqalgani haqidagi xabarga vazirlik rasmiy munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs tomonidan qoramollarda yuqumli kasallik tarqalgani tufayli har joydan ham go‘sht sotib olmaslikka chorlovchi audioxabari turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Holat Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamda tegishli idora vakillari hamkorligida atroflicha o‘rganilgan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, so‘nggi olti oy davomida hududdagi chorva mollarida biror bir kasallik aniqlanmaganligi, qoramollar sog‘lom parvarish qilinayotgani aniqlangan.

Xabar tarqatgan audioxabar egasi Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro F. T. ekanligi ma’lum bo‘ldi. Fuqaro F.T. ga yolg‘on xabar berish, vahima uyg‘otuvchi asoslanmagan ma’lumot tarqatish uchun qonunchilikda jiddiy jazo borligi tushuntirildi hamda mutasaddi idoralar tomonidan ogohlantirilgan.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimga doir har qanday yo‘nalishda jiddiy nazoratga olgan. Shuningdek, chorvachilikda yangi va zamonaviy yondashuvlar, qoramollarni sifatli yetishtirish, ularni ehtimoliy kasalliklardan saqlash bo‘yicha ham doimiy kuzatuv o‘rnatilgan, deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring