Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qorabog‘ni jannatga aylantiramiz» — Ilhom Aliyev

«Qorabog‘ni jannatga aylantiramiz» — Ilhom Aliyev

Qorabog‘da o‘tkazilgan «aksilterror» operatsiyasi bir sutka ichida samara berdi va «suverenitet qayta tiklandi». Bu haqda Ozarbayjon halqiga qilgan murojaatida mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Qorabog‘dagi qurollangan guruhlar taslim bo‘lmaganida, armiya «oxirigacha borishga tayyor bo‘lgan».

«Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasidan arman qurolli kuchlarini olib chiqish boshlandi. Ayni paytda Qorabog‘dagi noqonuniy arman jangarilari guruhlarini qurolsizlantirish jarayoni boshlandi», — dedi Aliyev.

Bugun, 21 sentyabr kuni Yevlax shahrida boshlanadigan muzokaralarda etnik armanlar vakillariga Qorabog‘ni Ozarbayjonga reintegratsiya qilish rejasi topshiriladi.

«Qorabog‘dagi barcha armanlarning huquqlari kafolatlanadi, biz Qorabog‘ni, jumladan, Xankendini jannatga aylantiramiz», dedi Ozarbayjon rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring