Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi

Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi

Foto: TIV matbuot xizmati

12-yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg‘izistonning Favqulodda va Muxtor elchisi Ibrohim Junusovni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi yakunlangani munosabati bilan qabul qildi. Bu haqda TIV rasmiy saytida ma’lumot berildi.

Uchrashuv avvalida vazir O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarini kengaytirish va mustahkamlashga elchining qo‘shgan hissasini yuqori baholadi.

Ikka davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va mintaqalararo aloqalar sezilarli darajada jadallashgani e’tirof etildi. Ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosi va turli darajalardagi bo‘lajak tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Qirg‘iziston elchisi mamlakatimizda diplomatik missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishda yaratilgan qulay sharoitlar uchun O‘zbekiston tomoniga samimiy minnatdorlik bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring