Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qator takliflarni ilgari surdi

Prezident qator takliflarni ilgari surdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi Maslahat uchrashuvida so‘zga chiqib, qator takliflarni ilgari surdi.

Jumladan:

  • tovarlarni yetkazib berishning yagona qoidalari va soddalashtirilgan tartib-qoidalariga ega bo‘lgan chegara savdo zonalari tizimini yaratish;
  • har yili Markaziy Osiyo mintaqalari forumi o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish;
  • Hindiston, Pokiston va Xitoy bozorlariga chiqish uchun muqobil transport yo‘laklarini ilgari surish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish;
  • aholini keng nomenklaturadagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashning kompleks sxemasini birgalikda ishlab chiqish;
  • Markaziy Osiyo madaniyat, san’at va kino festivalini mamlakatlarimizda navbatma-navbat o‘tkazish;
  • o‘zaro turistik oqimlarni ko‘paytirish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash uchun qo‘shma ekspertlar guruhini tashkil etish;
  • yoshlar siyosatining umumiy yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘p tomonlama shartnomani tayyorlash.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring