Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qarshida o‘quvchini urib yuborib qochib ketgan haydovchi topildi

Qarshida o‘quvchini urib yuborib qochib ketgan haydovchi topildi

5-dekabr, dushanba kuni soat 20:00 larda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida oq rangli Cobalt avtomobili haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgani xabar qilingan edi. 

Olib borilgan tezkor surishtiruvlar natijasida Cobalt avtomobili hamda haydovchisi topildi.

Mazkur YTH yuzasidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi va 117-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring