Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident JChga tayyorgarlik ko‘rishga oid qarorni imzoladi

Prezident JChga tayyorgarlik ko‘rishga oid qarorni imzoladi

«2024 yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Qarori (PQ-195-son, 28.05.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Andijon, Buxoro hamda Toshkent shaharlarida 2024 yil 14 sentyabr – 6 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan 2024 yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, uni yuqori darajada tashkil etish va o‘tkazish maqsadida quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2024 yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi;
  • 2024 yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi.

 Shuningdek, 2024 yil iyun va avgust oylarida Jahon chempionati bosh sovrini – Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun respublika bo‘ylab “Trophy experience” futzal turi marshruti ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.

Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslarni identifikatsiyalovchi va chiptalarni zamonaviy texnologiyalar (QR-kod) yordamida ro‘yxatga oluvchi va tekshiruvchi maxsus onlayn platforma ishlab chiqiladi.

2024 yil avgust – oktyabr oylarida Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslar, shuningdek, Jahon chempionati o‘yinlariga chiptalari mavjud bo‘lgan xorijiy va mahalliy muxlislar uchun temir yo‘l chiptalariga 50 foiz miqdorida chegirmalar joriy qilinadi.

Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslar hamda o‘yin kunlari chiptalari mavjud bo‘lgan shaxslar uchun jamoat transport vositalaridan (avtobus, metro) bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring