Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxt hokimligi drenaj tizimini yaxshilash uchun mablag‘ ajratyapti

Poytaxt hokimligi drenaj tizimini yaxshilash uchun mablag‘ ajratyapti

Toshkent shahrining drenaj tizimini yaxshilash uchun 700 mln so‘m ajratiladi. Bu haqda poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov imzolagan qarorda belgilab qo‘yildi.

«Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi Drenaj va kollektorlarni ta’mirlash va saqlashga ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga Toshkentda yog‘ingarchilik davrida suv toshishi kabi holatlar oldini olishi maqsadida drenaj va kollektorlarni ta’mirlash va beton quvur yotqizish ishlari bilan bog‘liq xarajatlar uchun 700 mln so‘m ajratiladi», deyiladi qarorda.

Qarorga muvofiq bu pullar mahalliy budjetning zaxira mablag‘lari hisobidan ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 5-apreldagi yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev yog‘ingarchilik paytida shaharlarning drenaj tizimi yomon ahvolga kelib qolayotganini jiddiy tanqid qilib, Qurilish vazirligi va Toshkent shahri hokimligiga ikki hafta muddatda ushbu masalaning yechimi bo‘yicha dastur qabul qilish va amalga oshirish topshirilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring