Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Politsiyachilar o‘zbekistonlikni qullikka sotib yuborganlikda ayblandi

Politsiyachilar o‘zbekistonlikni qullikka sotib yuborganlikda ayblandi

Qozog‘iston ijtimoiy tarmoqlarida O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga murojaat qilgan video paydo bo‘ldi. U Jetisu viloyati politsiyachilari uni qullikka sotib yuborganini aytdi.

Video instagramning taldykorganec.insta akkauntida e’lon qilindi.

Videoda o‘zini Vadim Sergeyevich Xamrayev deb tanishtirgan shaxsning aytishicha, u 10 yildan beri Jetisu viloyati Qoratol tumanida istiqomat qilgan. Hujjatlarini yo‘qotib qo‘ygach, mahalliy politsiya vakillari uni kaltaklashgan, pullarni olib qo‘ygan, keyin esa 6ta qo‘y va 200 ming tanga evaziga sotib yuborishgan.

Uning rafiqasi va qaynotasi politsiyaga izlab kelishganida esa «uni deportatsiya qilishgani»ni aytishgan.

Erkakning aytishicha, u qochishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq, «hozir uni qidirayotganlar o‘ldirish bilan qo‘rqitmoqdalar».

Video so‘nggida Vadim Xamrayev yig‘lab yuboradi va yordam so‘raydi.

So‘zlarining tasdig‘i sifatida u oyoqlari va qo‘llaridagi kaltak izlarini ko‘rsatadi.

Vaziyatga Jetisu viloyati demokratik partiyasi matbuot xizmati izoh berdi.

«Ma’lum qilamizki, mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 362-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Xavfsizlik Videomurojaat muallifi, 38 yoshli xorij fuqarosi so‘roq qilindi. Fakt bo‘yicha tergov harakatlari viloyat IIB rahbariyati tomonidan alohida nazoratga olindi», deyiladi izohda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring