Pochettino AQSh terma jamoasini boshqarishi mumkin
Argentinalik taniqli futbol mutaxassisi Maurisio Pochettino AQSh terma jamoasini boshqarishi mumkin, u muzokaralar boshlashga rozi.
The Athletic yozishicha, 52 yoshli Pochettino Amerika kubogi-2024 da muvaffaqiyatsizlikka uchragan Gregg Berxalterning o‘rnini egallashga yaqin.
Agarda tomonlar shartnoma imzolashsa, bu Pochettino uchun terma jamoalar miqyosidagi birinchi tajriba bo‘ladi.
Maurisio Pochettino asosan «Tottenhem»dagi faoliyati orqali muxlislarga yaxshi tanish. Shuningdek, u bosh murabbiy sifatida «PSJ» (Fransiya) va «Chelsi» (Angliya)da ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, AQSh (Meksika va Kanada bilan birga) 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati mezbonlaridan biri.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter