Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pensiya jamg‘armasi Namangan viloyati boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Pensiya jamg‘armasi Namangan viloyati boshqarmasiga rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali tomonidan o‘tkazilgan ochiq va shaffof tanlov natijalariga ko‘ra, Yunus Muhammadovich Ahmedov budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Yunus Ahmedov 1986-yil 9-noyabr kuni Namangan shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2010-yili Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi moliyachi.

Mehnat faoliyatini 2010-yilda To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘yicha g‘aznachilik bo‘linmasida moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olish va to‘lovlarni amalga oshirish guruhi inspektori sifatida boshlagan.

2012-2017-yillar davomida u Namangan viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasida turli mas’ul vazifalarda, 2017-2018-yillarda Namangan shahar moliya bo‘limining mahalliy budjetni shakllantirish va budjet muassasalarini moliyaviy ta’minlash bo‘limi bosh iqtisodchisi, 2018-2019-yillarda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Namangan shahar bo‘limi boshlig‘i, 2019-2020-yillarda Namangan tumani moliya bo‘limi mudiri lavozimlarida ish olib borgan. 

Yunus Ahmedov 2020-yil noyabr oyidan buyon yangi tayinlovga qadar Namangan shahar moliya bo‘limi mudiri sifatida faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring