Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parij-2024. Marafonlar tirik afsonasi Eliud Kipchoge finishgacha yetib kela olmadi

Parij-2024. Marafonlar tirik afsonasi Eliud Kipchoge finishgacha yetib kela olmadi

Eliud Kipchoge (oldinda) va o‘zbekistonlik Shohruh Davlatov (o‘ngda).

Foto: Meduza LIVE

Marafonlar tirik afsonasi — keniyalik 39 yoshli Eliud Kipchoge Parij olimpiadasida finishgacha yetib kela olmadi, deb xabar berdi AFP.

30 km masofadan so‘ng Kipchoge yugurishdan to‘xtagan. So‘ngra tomoshabinlarga yuzlanib, o‘z krossovkasini ularga sovg‘a qilgan.

Kipchogening aytishicha, shu paytgacha hech qachon yugurishdan chiqib ketmagan. «Bu mening eng yomon marafonim», — dedi atlet. U shu bilan olimpiadalardagi faoliyatiga nuqta qo‘yganini ham ma’lum qildi.


Eliud Kipchoge — Rio-2016 va Tokio-2020 olimpiadalari chempioni. Undan tashqari marafonlarda ikkitadan oltin medalni faqat ikki yuguruvchi — efiopiyalik Abebe Bikila (1960-yillarda) va nemis Valdemar Serpinski (1970-1980-yillarda) qo‘lga kiritgan. Marafonchilar orasida hech kimda uchta oltin medal yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring