Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zmilliybank tomonidan dunyodagi eng yirik banklar ishtirokida «Investor Day» xalqaro konferensiyasi tashkil etildi

O‘zmilliybank tomonidan dunyodagi eng yirik banklar ishtirokida «Investor Day» xalqaro konferensiyasi tashkil etildi

Joriy yilning 6 iyul kuni «Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat» xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida «O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki» aksiyadorlik jamiyati tomonidan «Investor Day» - «Yangi O‘zbekistonning investitsiya salohiyati» xalqaro konferensiyasi tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — xorijiy banklar va investorlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun amaliy maydon yaratish, shuningdek, yangi O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini, uning salohiyatini, biznes va investitsiyalar uchun yangi imkoniyatlarini namoyish etishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda dunyoning eng yirik banklari – Xitoy taraqqiyot Davlat banki, JP Morgan (AQSh), Deutsche Bank (Germaniya), Commerzbank (Germaniya), LBBW (Germaniya), KfW-IPEX Bank (Germaniya), DZ BANK (Germaniya), NATIXIS (Fransiya), Sociyete Generale (Fransiya), Credit Agricole (Fransiya), UBAF (Fransiya) Standard Chartered Bank (Buyuk Britaniya), Barclays (Buyuk Britaniya)  vakillari ishtirok etdi.

Tadbir ikki sessiyadan tashkil topdi. Birinchisi, so‘nggi 6 yil ichida O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasiga muvofiq amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarga bag‘ishlandi. Ushbu islohotlarni amalga oshirish natijasida mamlakat qiyofasi tubdan o‘zgardi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston iqtisodiyotni liberallashtirish va jahon bozorlariga ishonchli kirib borish, shuningdek, iqtisodiyotning turli sohalaridagi progressiv siljishlar borasida katta yutuqlarga erishdi, buning natijasida O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalari jadal rivojlanmoqda. Masalan, so‘nggi 6 yil ichida tashqi savdo hajmi 2,5 baravar oshdi va 50 milliard dollarga yetdi.

Keng ko‘lamli va samarali islohotlar natijasida mamlakat yalpi ichki mahsuloti 80 milliard dollardan oshdi, eksport hajmi esa 19 milliard dollarga yetdi.

Xususan, qulay fiskal tizim yaratildi. Tashqi savdo erkinlashtirilmoqda - investorlar uchun 7 mingdan ortiq nomdagi xom ashyo va tovarlarga bojxona to‘lovlari bekor qilindi. Bojxona hududida hujjat aylanishini qayta ishlashning soddalashtirilgan tartibi joriy etildi.

Yangi bozorlarni o‘zlashtirish uchun Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish ishlari tezlashtirilmoqda.

Byurokratik to‘siqlar qisqartirildi - biznesni tartibga solish bo‘yicha davlatning 500 dan ortiq funksiyalari, shuningdek 132 ga yaqin litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi. Loyihani boshlashdan tortib, uni «bitta oyna» tamoyili bo‘yicha ishga tushirishgacha bo‘lgan jarayon vujudga keldi, qisqa qilib aytganda, Investorlar bilan ishlashning yaxlit tizimi joriy etildi. Natijada so‘nggi 6 yil ichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 3 baravarga oshib, 10 milliard dollarga yetdi.

Ikkinchi sessiya davomida «Navoiy kon - metallurgiya kombinati» AJ, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ, «O‘zbekiston havo yo‘llari» AJ, Savdo-sanoat palatasi, «O‘zbekgidroenergo» AJ va «Texnopark» mas’uliyati cheklangan jamiyatining yirik korporativ mijozlari rahbarlari so‘zga chiqdilar.

Xorijiy banklar va investorlarga umumiy qiymati 3,8 milliard dollar bo‘lgan istiqbolli loyihalar namoyish etildi. 2023-2026 yillarda yirik tarmoq korxonalari va kompaniyalari tomonidan yangi O‘zbekistonning kon metallurgiyasi, transport, to‘qimachilik, energetika, elektrotexnika va boshqa sohalardagi rivojlanish strategiyasiga muvofiq amalga oshiriladi.

O‘zmilliybank tomonidan tashkil etilgan «Investor Day» xalqaro konferensiyasi investorlar va loyiha tashabbuskorlarining o‘zaro hamkorligi uchun ishbilarmonlik maydonini yaratdi, namoyish etilgan loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish uchun o‘ziga xos taklif bo‘ldi, hamkorlik uchun yangi ufqlar ochdi, ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va yangi o‘sish nuqtalarini aniqlash imkonini berdi. Bularning barchasi qo‘shma o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishni boshlash uchun turtki bo‘ladi.

Tadbirning boy dasturi davomida B2B formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, bu esa tomonlarga uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning istiqbolli yo‘nalishlarini batafsil muhokama qilish, shuningdek, aniq investitsiya takliflarini birgalikda amalga oshirishning amaliy jihatlarini muhokama qilish borasida muhim qadam bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring