Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning Kosta-Rikaga qarshi asosiy tarkibi e’lon qilindi

O‘zbekistonning Kosta-Rikaga qarshi asosiy tarkibi e’lon qilindi

Bugun, 27 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00da O‘zbekiston milliy jamoasi Kosta-Rika termasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Janubiy Koreyaning “Suwon World Cup” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanets ushbu bahsga asosiy tarkibni e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kosta-Rika terma jamoasi JCh-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan jamoa hisoblanadi. Mazkur bahs ularga JCh oldidan so‘nggi tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Ushbu qiziqarli uchrashuv O‘FAning yutub kanalida namoyish etiladi.

Terma jamoamiz dastlabki uchrashuvda Kamerun termasini ishonchli tarzda mag‘lub etgandi. Kosta-Rika esa Janubiy Koreya bilan durang o‘ynagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring