Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik mutaxassislar koronavirusni aniqlash tizimini ishlab chiqdi

O‘zbekistonlik mutaxassislar koronavirusni aniqlash tizimini ishlab chiqdi

O‘zbekistonlik mutaxassislar COVID-19 koronavirusini aniqlash tizimini ishlab chiqdi.

Mutaxassislar ushbu ishlanmani yaratish ustidagi izlanishlarni bundan bir oy oldin, virusning dunyo bo‘ylab tarqalishi avj olgan va O‘zbekistonda ham paydo bo‘lish xavfi ortib borayotgan bir paytda boshlagan edi.

Butun jarayon uchun 5-6 soat talab etilishini inobatga olgan holda aytish mumkinki, bu tezkor tahlil emas, balki faqat ixtisoslashgan laboratoriyalarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan to‘liq test tizimidir.

Mahalliy test tizimini yaratish jarayonida O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasining ko‘magini alohida qayd etish zarur. Elchixona AQShda ishlab chiqarilgan ijobiy nazorat namunalarini tezkor yetkazib berishni tashkil qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring