Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik ayol «Dunyoning 100 nafar ayoli» ro‘yxatida e’tirof etildi

O‘zbekistonlik ayol «Dunyoning 100 nafar ayoli» ro‘yxatida e’tirof etildi

BBC 2024-yil uchun dunyoning turli burchaklarida yashaydigan 100 nafar ilhomlantiruvchi va nufuzli ayollar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ular orasida Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori Nadiya Murad, zo‘rlash qurboni va faol Jizel Peliko, aktrisa Sheron Stoun, olimpiya sportchilari Rebeka Andrade va Ellison Feliks, qo‘shiqchi Re, rassom Treysi Emin, iqlim o‘zgarishi faoli Adenike Oladosu va yozuvchi Kristina Rivera Garzalar ham bor.

Jumladan, mazkur ro‘yxatga o‘zbekistonlik tadbirkor, baxtsiz hodisa sabab ikki yil muqaddam oyoqlaridan ayrilgan, biroq hayot sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, hozirda tikuvchilik biznesini yuritayotgan Dilorom Yo‘ldosheva ham kiritilgan.

«Dilorom Yo‘ldosheva shu kunga qadar 40 dan ortiq xotin-qizlarga tikuvchilikdan saboq berdi. Bir necha oy ichida uning tadbirkorlik sub’yekti sezilarli darajada o‘sdi va u ishchilar hamda maktab o‘quvchilari uchun maxsus forma tikish bo‘yicha shartnomalar tuzdi.

O‘shandan beri uning biznesi ham o‘zi, ham o‘nlab ayollar uchun daromad manbaiga aylandi», – deyiladi BBC e’tirofida.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat avval Adliya vazirligi, qator nodavlat-notijorat tashkilotlari va homiylar ishtirokida «Matonat» nomli film suratga olingan va unda Dilorom Yo‘ldosheva ham asosiy qahramonlardan biri sifatida gavdalangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring