Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga davolanish uchun yil boshidan buyon qancha xorijlik kelgani aytildi

O‘zbekistonga davolanish uchun yil boshidan buyon qancha xorijlik kelgani aytildi

2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 81,7 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 36,3 ming nafarga yoki 80,2 foizga oshgan.

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

  • Tojikiston — 62 347 nafar;
  • Qozog‘iston — 9 537 nafar;
  • Qirg‘iz Respublikasi — 7 481 nafar;
  • Rossiya — 1 424 nafar;
  • Turkmaniston — 727 nafar;
  • Turkiya — 29 nafar;
  • Afg‘oniston — 23 nafar;
  • Ukraina — 16 nafar;
  • Ozarbayjon — 12 nafar;
  • AQSh — 12 nafar;
  • Boshqa davlatlar — 60 nafar.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring