Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda «raqamli pasport» joriy qilinadi

O‘zbekistonda «raqamli pasport» joriy qilinadi

Foto: Xabar.uz

Avval xabar berilganidek, prezidentning «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Loyihadan «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish hamda byurokratiyani bartaraf etish masalasi ham o‘rin olgan.

Jumladan:

  • Davlat xizmatlarini mobil ilovalar orqali ko‘rsatishni kengaytirish;
  • Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni identifikatsiya qilishning Mobile ID tizimini joriy qilish;
  • «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali davlat organlari hamda xususiy tijorat tashkilotlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish asosida byurokratik jarayonlarni qisqartirish;
  • Shaxsga doir ma’lumotlarning himoyasini ta’minlaydigan ruxsat berish hamda xabardor qilish tizimini joriy etish;
  • Fuqarolarga muddatli, muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni berish va almashtirishni hamda kompozit davlat xizmatlarini ularning murojaatini kutmasdan turib taklif etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
  • Keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishni soddalashtirish, ularga qulayliklar yaratish;
  • «Raqamli idora» loyihasi doirasida davlat organlarida ish yurituvini raqamlashtirish orqali ma’muriy tartib-taomillarni optimallashtirish va boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish;
  • «Fuqarolarning raqamli pasporti» loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyotini bekor qilish;
  • «Fuqarolarning raqamli pasporti» loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyotini bekor qilish;
  • Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyotini kengaytirish;
  • Davlat xizmatlarini raqamlashtirish va ularning 20 foizini xususiy sektorga o‘tkazish kabi loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Loyiha muhokamasida faol ishtirok eting.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring