O‘zbekistonda poliz ekinlari qaysi viloyatlarda ko‘p yetishtiriladi?
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 260,2 ming tonna poliz mahsulotlari yetishtirilgan.
Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 7 % ga o‘sgan,
Poliz mahsulotlarini yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Surxondaryo viloyati (25,3 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Shuningdek, Qashqadaryo (16,9 foiz), Andijon (9,6 foiz) va Buxoro (9,1 foiz) viloyatlarida ham poliz mahsulotlari yetishtirishning yuqori ko‘rsatkichlari qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter