Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Turkiya Ombudsmanlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi (foto)

O‘zbekiston va Turkiya Ombudsmanlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi (foto)

Foto: «Ombudsman.uz»

Joriy yilning 22-noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Turkiya Respublikasi poytaxti Ankara shahrida Turkiya Parlamentining bosh Ombudsmani Sheref Malko‘ch va Ombudsmanlar Jileli O‘zlem Tunchak, Arif Dyulger, Fatma Benli Yalchin, Sadettin Kalkan, Ibrahim Kilinch  bilan uchrashdi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zaro muloqot davomida ikki mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi, qat’iyati hamda ular o‘rtasida o‘rnatilgan o‘zaro ishonch va do‘stlik rishtalari O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar tarixida mutlaqo yangi sahifa ochilishiga imkon yaratib berayotgani ta’kidlandi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston va Turkiya Ombudsmanlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum imzolangach, ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Unda ta’kidlanishicha, mazkur memorandum inson huquqlarini ta’minlash borasidagi Ombudsmanlarning mustahkam hamkorligiga zamin yaratadi. Memorandum doirasida Turkiya Respublikasi hududidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining va O‘zbekiston Respublikasi hududidagi Turkiya Respublikasi fuqarolarning huquqlari va erkinliklarining buzilishi holatlari bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarni hal etishda ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.

Qolaversa, inson huquqlarini ta’minlash yuzasidan o‘zaro tajriba almashish, xodimlar malakasini oshirish, har ikkala davlat uchun dolzarb bo‘lgan mavzular va yo‘nalishlarda turli forum, konferensiya va seminar-treninglar o‘tkazish hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsad qilingan.

Matbuot anjumanidan so‘ng, tomonlar inson huquqlarini ta’minlashdagi faoliyatining o‘ziga xos jixatlari va natijalari yuzasidan o‘zaro tajriba almashishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring