O‘zbekiston va Qozog‘iston milliy gvardiyasi qo‘mondonlari uchrashdi
11-13-noyabr kunlariga mo‘ljallangan Qozog‘iston Milliy gvardiyasi Bosh qo‘mondoni general-leytenant Ruslan Jaksilikov boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi davom etmoqda. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrifning dastlabki kunida Qozog‘iston Respublikasi Milliy gvardiyasi Bosh qo‘mondoni Ruslan Jaksilikov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Baxodir Tashmatov bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish doirasida birgalikdagi o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish masalalari muhokama qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter