Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Qozog‘iston bo‘ylab o‘tuvchi yangi havo yo‘lagi ochildi

O‘zbekiston va Qozog‘iston bo‘ylab o‘tuvchi yangi havo yo‘lagi ochildi

Foto: Inbusiness.kz

Qozog‘iston va O‘zbekiston havo kengliklaridan o‘tuvchi yangi — T916 yo‘nalishi ochildi. U Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi parvozlar uchun qo‘shimcha yo‘nalish ham hisoblanadi, deb xabar berdi Zakon.kz.

Yo‘nalish ochilganidan buyon Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyo o‘rtasida 19 ta parvoz amalga oshdi. Yoz oxiriga borib, foydalanuvchilar yangi trassaga ko‘nikma hosil qilib bo‘lgach, parvozlar soni yanada ko‘payishi mumkin, deyiladi Qozog‘iston Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.

Yangi yo‘nalishdan foydalangan aviakompaniyalar: Lufthansa Cargo (Germaniya), Cargolux (Lyuksemburg), Cargolux Italy (Italiya), Nomad aviation (Shveysariya), Western Global Airlines (AQSh), Aerologic Cargo Airlines (Germaniya).

Havo yo‘lagi (T916) umumiy uzunligi 2 187 km bo‘lib, shundan 437 kilometri O‘zbekiston, 1 750 kilometri Qozog‘istonga to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring