«Ortingizda Prezident turibdi!»
Prezident so‘zga chiqqan tadbirkor va ishbilarmonlarga bildirgan fikrlari, yangi-yangi ish o‘rinlari yaratib, odamlarni daromadli qilishga, kambag‘allikni qisqartirishga qattiq bel bog‘lashga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi.
«Sizlar tinch, erkin va farovon hayotimiz garovisizlar, desak, o‘ylaymanki, mubolag‘a bo‘lmaydi.
“Tadbirkor – elga madadkor” degan naqlda chuqur ma’no bor. Lekin, shunday katta mas’uliyatni zimmasiga olgan tadbirkorni o‘ziga kim madadkor? Agar qaysi hokim o‘z hududining gullab-yashnab, taraqqiy topishini istasa, avvalo, tadbirkor va yana bir bor tadbirkorga chinakam madadkor bo‘lishi kerak.
Hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar, hech narsadan cho‘chimang. Biling, ortingizda Prezident turibdi!», - dedi davlatimiz rahbari muloqot yakunida.
Ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha qonun loyihalarini ishlab chiqishni jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi. Hukumatga muhokama qilingan masalalar yechimiga qaratilgan barcha hujjatlarni o‘z vaqtida va sifatli kiritish topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter