Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘quvchilarni «openbudjet»ga ovoz yig‘ishga chiqargan direktor ishdan ketdi

O‘quvchilarni «openbudjet»ga ovoz yig‘ishga chiqargan direktor ishdan ketdi

Toshkent viloyati hokimligi Oqqo‘rg‘on tumani «Boyg‘uli» MFY hududida joylashgan 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari «Openbudjet»ga pul yig‘ishga jalb yetilgani yuzasidan rasmiy munosabat e’lon qildi. 

Mazkur holat viloyat hokimining topshirig‘iga ko‘ra, maxsus ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.

O‘quvchilarni «Openbudjet»ga ovoz yig‘ish uchun jalb qilish bo‘yicha topshiriq maktab direktori tomonidan berilgani aniqlandi, deyiladi xabarda.

Vaziyat mazkur maktabning filialida sodir bo‘lgan. Filialda 45 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchisi tahsil oladi. O‘quvchilarni kampaniyaga jalb qilgan sinf rahbarlariga intizomiy jazo berildi, maktab direktori L.Usmonova egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Maktab filiali yaqinda ta’mirdan chiqarilgan bo‘lib, zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Maktab jamoasi o‘z tashabbusi bilan «Openbudjet» kampaniyasida qo‘shimcha elektron doska, kompyuter jihozlari olish uchun ishtirok etgan. So‘ralgan mablag‘ miqdori – 300 million so‘m.

Zoyir Mirzayev tegishli mutasaddilarga ushbu jihozlarga ehtiyoj haqiqatda mavjudligini o‘rganish, shundan so‘ng, mahalliy budjet hisobidan maktabni so‘ralgan jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring