Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OPEKda yangi rahbar tayinlandi

OPEKda yangi rahbar tayinlandi

Haysam al-G‘ays.

Foto: «Profile»

OPEKga a’zo-mamlakatlar vazirlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus videoanjumanda kuvaytlik Haysam al-G‘ays OPEK bosh kotibi etib tayinlandi. Al-G‘ays 2022-yilning avgust oyidan rasman faoliyat boshlaydi, deyiladi tashkilot rasmiy saytida berilgan xabarda.

Al-G‘ays 2016-yildan beri shu lavozimda faoliyat yuritib kelayotgan nigeriyalik Muhammad Barkindoning o‘rnini egallaydi. Barkindoning vakolat muddati 2022-yilning iyul oyida nihoyasiga yetadi.

Muhammad Barkindo. FOTO: REGNUM

Al-G‘ays 2017-yildan 2021-yilgacha Kuvaytning OPEKdagi delegatsiyasiga rahbarlik qilgan. Bosh kotiblikka yagona uning nomzodi ko‘rsatildi.

OPEK nizomiga ko‘ra, bosh kotib uch yil muddatga tayinlanadi, uning muddati faqat bir marta qayta uzaytirilishi mumkin.

Barkindoni hisobga olmaganda, OPEK faoliyatini 1961-yildan beri 22 nafar bosh kotib va besh nafar konferensiyalar prezidentlari nazorat qilib kelgan.


OPEK (The Organization of the Petroleum Exporting Countries) — neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti. Shtab-kvartirasi Vena (Avstriya)da joylashgan.

Ko‘pincha kartel sifatida ko‘riladi. 2020-yilning mart oyiga kelib 13 mamlakat a’zo: Angola, Venesuela, Gabon, Jazoir, Eron, Kongo, Kuvayt, Liviya, Birlashgan Arab Amirliklari, Nigeriya, Saudiya Arabistoni, Ekvatorial Gvineya.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring