Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Onaxonning dafn marosimida qarindoshlari ishtirok eta olmadi – Xayrullo Bozorov (video)

Onaxonning dafn marosimida qarindoshlari ishtirok eta olmadi – Xayrullo Bozorov (video)

Xayrullo Bozorov.

Foto: Xs.uz

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov mahalliy televideniye orqali qilgan murojaatida viloyatdagi vaziyat, koronavirusga chalinib vafot etgan 72 yoshli onaxonning o‘limi bilan bog‘liq bir og‘ir holatga alohida to‘xtaldi.

– Viloyatimizda koronavirusga chalinganlar soni oltitani tashkil qilmoqda. Turkiya davlatidan, Saudiya Arabistonidan Umra Hajini amalga oshirib kelgan fuqarolarimizdan bir oiladan 5 kishi, yana bir oiladan bir kishida – jami olti kishida ushbu kasallik alomatlari aniqlandi. Ulardan biri – 72 yoshli onaxonimiz vafot etdi.

Ushbu onaxonning qizi Umra safariga Turkiya orqali borgan va u yerdan 12 mart kuni qaytib kelgan. O‘zbekchilikda Umra yoki Haj safaridan qaytgan kishini ko‘plar yo‘qlab boradi. Eng avvalo, qarindoshlari, oila a’zolari kelib ko‘radi. O‘sha ayol 231 nafar kishi bilan muloqotda bo‘lgan.

Natijada ushbu oilaning besh nafar a’zosi, shu jumladan, ayolning o‘zi ham, koronavirusga chalingan. Ular – vafot etgan onaxon, ayolning opasi, maktab o‘quvchisi bo‘lgan qizi va nabirasi bor. Hozirda boshqa qarindoshlar ham karantinga olinib, tekshirilmoqda.

Bu holatda eng achinarlisi, qarindoshlarning birontasi 72 yashar onaxonning dafn marosimida ishtirok eta olmadi. Onaxonni sanitariya-epidemiologiya nazorati xodimlari dafn etishdi.

Birinchidan, kasallikning yuqishi, ikkinchidan o‘lim holati, uchinchidan, onaxonni so‘nggi manzilga uning oila a’zolari kuzata olmagani. Men o‘ylaymanki, bu Namangan aholisiga juda qattiq ta’sir qildi. Shaxsan menga bu juda qattiq ta’sir qildi», – dedi viloyat hokimi Xayrullo Bozorov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring