Olmaotada 9-may kuni bayram yurishlari o‘tkazilmaydi
Olmaotada bu yil ham Ikkinchi jahon urushida qatnashgan qozog‘istonlik faxriylar xotirasiga bag‘ishlangan yurishlar o‘tkazilmaydi. Faxriylar va Afg‘onistondagi urush nogironlari jamoat birlashmalari rahbari Murat Abdushukurov ma’lumotiga ko‘ra, shahar hokimligi bunga ruxsat bermagan.
Hokimlik o‘z qarorini dunyodagi notinch vaziyat, mamlakatdagi suv toshqinlari muammosi va provokatsiyalar kelib chiqishi ehtimoli bilan izohlagan.
O‘tgan yili ham Olmaotada yurish o‘tkazilmagandi.
Bu yil bayram aksiyalari onlayn o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Olmaotada 44 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi istiqomat qiladi. Hukumat qarori bilan ularga 2 mln tenge (4,5 ming dollar)dan mukofot puli beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter